O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kecha, 23 martdagi farmoniga asosan Shavkatjon Jo‘rayevich Rahimov O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqida Bosh prokuratura axborot xizmati ma’lum qildi.

Shavkatjon Jo‘rayevich Rahimov

Shavkat Rahimov tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi qishloq ho‘jaligi sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.