Qirg‘izistonda yana 26 ta koronavirus infeksiyasi qayd etilib, hozirgi vaqtga kelib koronavirus yuqtirib olganlar soni respublikada 42 taga yetgan. Bu haqida mamlakatning Koronavirusga qarshi kurashish bo’yicha shtab-kvartirasi xabar berdi deb yozmoqda “Sputnik”.

Foto: Sputnik

Kasallangan fuqarolar quyidagi tibbiy muassasalarga joylashtirilgan:

  • Respublika klinik yuqumli kasalliklar kasalxonasi (Bishkek);
  • O’sh mintaqalararo klinik kasalxonasi;
  • Novqat hududiy kasalxonasi;
  • Jalolobod viloyat klinik shifoxonasi;
  • Botken viloyat qo’shma kasalxonasi;

Jami 142 kishi kasalxonaga yotqizilgan: 68 erkak va 74 ayol.

Bugun Prezident Sooronbay Jeenbekov mamlakatda favqulodda holat joriy qilish to’g’risida qarorni imzolab, Jogorku Keneshga jo’natgan.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 381 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 16,5 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.