Rossiyalik MMA jangchi Xabib Nurmagomedov va amerikalik Toni Fergyuson o‘rtasidagi jang tomoshabinlarsiz bo‘lib o‘tadi, deb Yahoo! Sports ma’lum qildi bu haqida yozmoqda “Sof” nashri yozmoqda.

Habib Nurmagomedov Toni Fergyuson
Foto: Habib Nurmagomedov va Toni Fergyuson

Bu haqda UFC rahbari Dana Uayt xabar bergan. Promoushen koronavirus pandemiyasi tufayli tadbirni yopishga majbur bo‘ldi.

Men jang qayerda bo‘lishini bilaman. Ammo buni hozircha aytishga tayyor emasman. U yerda muxlislar va fanatlar  bo‘lmaydi. Bu yopiq tadbir, dedi Uayt.

Avvalroq, UFC rahbari Habib va Fergyuson jangi uchun joy topgani haqida xabar berilgandi.