10 mart kuni soat 23.20 da 102 raqamiga vaqtinchalik poytaxtning Sergeli tumanida yashovchi qashqadaryolik 40 yoshli Hamza B. qo‘ng‘iroq qilib, uning “Lasetti” rusumli avtomobili olib qochilganligi haqida xabar bergan.

Foto:

Voqea Hamza B. yashaydigan uy oldida ro‘y bergan. U uyiga ishdan kech soat 19.00 atrofida kelib, “Lasetti” rusumli avtomobilini uyidan taxminan 50 metr uzoqlikda qoldirgan. Taxminan soat 23.10 atrofida avtosignalizasiya ishlab ketadi. Hamza B. pastga tushganida mashina qoldirilgan joyida yo‘q edi. Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida avtomobil Toshkent viloyati Zangiota tumanida topildi.

Aniqlanishicha, “Lasetti” avtomobili aslida boshqa shaxsga tegishli bo‘lgan, Hamza B. esa uni ishonchnoma asosida boshqarib yurgan.

Avtomobilning asl egasining aytishicha, Hamza mashinani keyinchalik xarid qilish sharti bilan ijaraga olgan, ammo kelishuv shartlarini bajarmaganligi sababli egasi mashinani olib ketishga qaror qilgan, deyiladi Toshkent shahar IIBB xabarida.