Xodimning asosiy mehnat huquqlari nimalardan iborat ekanligi haqida bilasizmi? Bu haqida “Huquqiy axborot” yozmoqda.

Foto: Google

Quyidagilar xodimning asosiy mehnat huquqlari hisoblanadi:

  • o‘z mehnati uchun Mehnatga haq to‘lash yagona tarif setkasining birinchi razryadi bo‘yicha belgilanganidan oz bo‘lmagan miqdorda haq olish;
  • muddatlari chegarasi belgilangan ish vaqtini o‘rnatish, bir qator kasblar va ishlar uchun ish kunini qisqartirish, har haftalik dam olish kunlari, bayram kunlari, shuningdek haq to‘lanadigan yillik ta’tillar berish orqali ta’minlanadigan dam olish;
  • xavfsizlik va gigiena talablariga javob beradigan sharoitlarda mehnat qilish;
  • kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
  • ish bilan bog‘liq holda sog‘lig‘iga yoki mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash;
  • kasaba uyushmalariga hamda xodimlar va mehnat jamoalarining manfaatlarini ifoda etuvchi boshqa tashkilotlarga birlashish;
  • qariganda, mehnat qobiliyatini yo‘qotganda, boquvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish;
  • o‘zining mehnat huquqlarini himoya qilish, shu jumladan sud orqali himoya qilish va malakali yuridik yordam olish;
  • jamoalarga doir mehnat nizolarida o‘z manfaatlarini quvvatlash.