Kecha, 23-mart kuni “Uzbekistan Airways” Jakarta – Buxoro yo‘nalishi bo‘yicha charter qatnovini amalga oshirdi.

Foto: Sputnik

Buxoro viloyat hokimligi Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, samolyotda 54 yo‘lovchi olib kelingan. Ularning 28 nafari erkak, 26 nafari ayol.

Ushbu qatnov bilan kelgan barcha yo‘lovchilar “Jo‘yizar” sog‘lomlashtirish maskanida ikki haftalik karantinga joylashtiriladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus paydo bo‘lishi munosabati bilan joriy etilgan karantin choralari doirasida “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi 16-mart kunidan xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha barcha qatnovlarni bekor qilgan edi.

Hozirda xorijdagi fuqarolar charter reyslar orqali mamlakatga olib kelinmoqda.

Hurmatli fuqarolar, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sabab vahima ko‘tarishga asos yo‘q. Virusni yuqtirib olmaslik uchun sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilishingizni so’raymiz.