Foto: TDPU.uz

Hujjatga muvofiq, yangi tuzilma zimmasiga qator vazifalar yuklatilgan. Jumladan, u oliy ta’lim muassasalari faoliyatida ilg‘or pedagogik texnologiyalar va innovatsion o‘qitish usullaridan keng foydalangan holda o‘quv rejalari va fan dasturlarini takomillashtirish bilan shug‘ullanadi.

Shuningdek, ta’lim jarayoniga o‘qitishning samarali shakllari va usullari hamda zamonaviy AKTni joriy etishga ko‘maklashadi.Oliy ta’lim muassasalarining respublika hamda xalqaro reytingini oshirib borish choralarini ko‘rish ham yangi markaz zimmasiga yuklatilgan.

Shu maqsadda markaz tomonidan ularga texnologik jihatdan yuqori darajada jihozlangan texnopark, forsayt, texnologiyalar transferi markazlari, startap loyihalari hamda akseleratorlarni tashkil etishga metodik yordam berilishi belgilangan.

Darvoqe, ta’lim dasturlariga kiradigan barcha fanlar bo‘yicha yangi avlod o‘quv adabiyotlarini tahlil qilish, tayyorlash va nashr etish vazifasi ham endi markaz vakolatiga o‘tdi.

Qarorda qayd etilishicha, joriy yil 1 maydan boshlab mehnatga haq to‘lash shartlari bo‘yicha Markaz direktori OTM rektoriga, direktor maslahatchisi va direktor o‘rinbosarlari OTM prorektoriga, boshqarma va bo‘lim boshliqlari fakultet dekaniga, bosh mutaxassis katta o‘qituvchiga, yetakchi mutaxassis o‘qituvchiga tenglashtirildi.