“Katta yigirmatalik” (G20) davlatlari liderlari sammiti bu haftada videokonferensiya formatida o‘tkaziladi. Bu haqida Yaponiyaning Kyodo axborot agentligi hukumatdagi manbasiga tayanib xabar berdi.

Foto: Google

Ma’lumotlarga ko‘ra, sammit 26 mart kuni onlayn formatda bo‘lib o‘tadi. Hozirda sammitga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Sammit videoaloqa orqali bo‘lishi haqida 20 mart kuni ma’lum bo‘lgan edi. Koronavirus tarqalish xavfi tufayli sammit onlayn rejimda bo‘lib o‘tadi.

G20 sammiti avvallari hech qachon bunday formatda o‘tmagan.