Namangan shahar markaziga olib kiruvchi jami 8 ta karantin postlari tashkil etildi. Bular 1-Angor, 2-Axsikent, 3-Oromgoh, 4-Go‘zal, 5-Kurashxona, 6-Taxtako‘prik, 7-Eshovot va 8-G‘irvon blok postlari tashkil etilib, faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqida IIV YHXBB axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Namangan viloyati IIB YHXB, JTSB va PPXB xodimlari, Daryo trans vakillari, Milliy Gvardiya xizmatchilari, FVB xodimlari va Sog‘liqni saqlash boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda xizmat tashkil etilib, COVID-19 koronavirus infeksiyasi oldini olish, virusga qarshi keskin choralar ko‘rish, shaxsiy gigiena talablariga so‘zsiz rioya etish va bartaraf etish bo‘yicha transport vositalarini dezinfeksiyalash va tushuntirish chora-tadbirlari kuchaytirildi.