Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan Tartibning amal qilish davrida bojxona orqali O‘zbekiston hududiga kirib kelayotgan tibbiy buyum va dori vositalari uchun davlat boji undirilmaydi.

Foto: Google

Bu haqda joriy yil 23-mart kuni Vazirlar Mahkamasining “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilab berildi.

Unga ko‘ra, 2020-yil 24-mart soat 00.01 dan boshlab joriy qilingan  koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan Tartibning amal qilish davrida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Farmasyevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan taqdim etilgan ro‘yxat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, istisno tariqasida, bojxona chegarasi orqali o‘tkazilayotgan zarur dori vositalari, tibbiy buyumlar, tibbiy texnika, ularni ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan materiallar va substansiyalar uchun “yashil” yo‘laklar tashkil qiladi va ushbu tovarlarga nisbatan bojxona bojlari undirilmaydi.