Bugundan, 24-martdan, maktablarda faqat rahbarlaridan biri (direktor yoki o‘rinbosari) va qorovullar ish joyida bo‘lsa yetarli.

Foto: Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati

Xabarga ko’ra ishda qolayotgan boshqa o‘rinbosarlar, psixolog, yoshlar yetakchisi o‘z ishlarini masofadan turib bajarishga o‘tadilar yoki o‘z xohishlariga ko‘ra ta’tilga chiqadi, deb yozmoqda Xalq ta’lim vaziri Sherzod Shermatov Facebook’dagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 18-martidan maktalardagi barcha pedagog xodimlar pullik ta’tilgan chiqarilgandi.

Ma’lumot uchun, 15 mart kuni O’zbekistonda yangi turdagi koronavirusning birinchi holati aniqlandi. Hozirgi vaqtga kelib ushbu virusni yuqtirib olganlar soni 49 nafarni tashkil etmoqda.