Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senatining uchinchi yalpi majlisi 2020 yil 24 mart kuni Toshkent shahrida Oliy Majlis Senatining majlislar zalida oʻz ishini boshlaydi. Bu haqida Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senatining axborot xizmatiga tayanib “Sputnik” xabar qilmoqda.

oliy majlis senat
Foto: Oliy majlis senati matbuot xizmati

“Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlash va koronavirus kasalligi tarqalishining oldini olish maqsadida, shuningdek Toshkent shahriga kirish va chiqish 2020 yilning 24 mart kunidan boshlab toʻxtatilganligi munosabati bilan yalpi majlis videokonferentsaloqa shaklida oʻtkaziladi”, – deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Senat raisi Tanzila Narbayeva Oliy Majlis Qonunchilik palatasida parlament quyi palatasi deputatlari va Senati aʼzolari ishtirokida yigʻilishda soʻzlagan nutqida koronavirus atrofidagi vaziyatga toʻxtalar ekan, “xalqimiz bilan birlashib, shu sinovni ham yengamiz”, deya taʼkidlagan edi.