Andijon viloyati IIB YHXB xodimlari tomonidan koronavirus kasalligini tarqalishini oldini olish borasida qo‘shni Farg‘ona va Namangan viloyatlari bilan chegaradosh hududlarda yettita karantin postlari tashkil etildi, deya xabar bermoqda IIV YHXBB axborot xizmati.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Ushbu postlarda viloyat hududiga kirib kelayotgan barcha turdagi transport vositalari va ularning haydovchilari hamda yo‘lovchilari bilan tushuntirish ishlari olib borilib, transport vositalari dizenfeksiyadan o‘tkazilmoqda.

Bundan tashqari haydovchi va yo‘lovchilarga xavfli virus tarqalishini oldini olish maqsadida niqoblar tarqatilmoqda.