Kelib chiqishi oʻzbekistonlik boʻlgan rossiyalik milliarder Alisher Usmonov koronavirus pandemiyasi vaqtida Toshkentda boʻladi. Bu haqida biznesmen “Forbes” nashriga xabar qildi.

Foto: Youtube

“Koronavirus pandemiyasi, albatta, biznesga ham, butun dunyo iqtisodiga ham taʼsir qiladi. Tadbirkorlarning nafaqat aktivlari, balkim majburiyatlari ham bor. Ularga nafaqat virusning oʻzi, balkim u bilan birga kelayotgan, bozorlarni buzib yuborayotgan axborot toʻlqini ham muhimdir.

Pandemiya oldida barcha barobar, hammaga Xudodan tirik qolishni soʻrayman. Hozirgi sharoitda, insonlar sogʻligi va faravonligi uchun siyosiy qarama-qarshiliklarga qaramasldan barcha davlat rahbarlari birlashib harakat qilishi juda muhimdir.

Menga kelsak, men – koronavirus eng xavfli boʻlgan guruhga kiraman. Shu sababli men oʻzimni-oʻzim virusdan izolyatsiya qildim. Hozir tarixiy vatanim – Toshkent shahridaman”, – dedi Alisher Usmonov “Forbes” nashriga.

Ma’lumot uchun, 15 mart kuni O’zbekistonda yangi turdagi koronavirusning birinchi holati aniqlandi. Hozirgi vaqtga kelib ushbu virusni yuqtirib olganlar soni 49 nafarni tashkil etmoqda.