Aeroflot yana 322 nafar rossiyalikni Toshkentdan Moskvaga maxsus reys bilan yetkazib beradi, deya xabar bermoqda “RIA novosti“.

Foto: RIA novosti

Bugungi kunda “Aeroflot” va “Uzbekistan Airways” 1888 nafar rossiyaliklarning Toshkentdan Moskva va Novosibirskga O’zbekistonda transport aloqasi to’xtatilganidan so’ng charter reyslarini amalga oshirdi.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 381 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 16,5 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.