Foto: O’zA

Surxondaryo viloyati IIB matbuot xizmatidan malum qilishlaricha, Termiz tumanida yashovchi mazkur shaxsdan olingan o‘q otar qurol otishga yaroqli bo‘lib, patronlari jangovar holatda ekani aniqlangan.

Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 248-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.