Yaponiya hukumati to‘rt yillikning eng nufuzli musobaqasini muxlislarsiz o‘tkazmoqchi emas. Bu fikrni shaxsan Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe ham tasdiqladi.

Sindzo Abe yaponiya bosh vaziri
Foto: Kyodonews

Buning uchun esa hukumat Olimpiadani kechroq muddatda o‘tkazilishiga ham tayyor.

«Musobaqani kechiktirish qarorini qabul qilishdan qochib qutula olmaymiz. Hozirgi sharoitda Olimpiadani to‘laqonli o‘tkazib bo‘lmaydi. Sportchilarning va boshqa ishtirokchilarning salomatligi biz uchun birinchi o‘rinda turadi», — dedi Abe.