Qozog’istonda koronavirusning ikkita yangi holati Olmaotada aniqlandi, deya xabar bermoqda “Tengrinews” “Coronavirus2020” saytiga tayanib.

Foto: Evrensel

Olmaotada yana ikki koronavirus infeksiyasi COVID-19 bilan qayd etildi. Bugungi kunda mamlakatda 66 koronavirus ro’yxatga olinganligi tasdiqlangan, shundan:

Nur-Sultonda – 34 ta,
Olmaotada – 28 ta,
Qarag’anda – 2 ta,
Olma-Ota viloyatida – 1 ta,
Aqto’be viloyatida – 1 ta.

Sal avval ushbu mamlakatda yangi koronavirus bilan kasallanganlar 64 taga yetgani haqida xabar berilgan edi.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 381 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 16,5 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.