“Galatasaroy” bosh murabbiyi Fatix Terimda koronavirus aniqlangani ma’lum bo‘ldi.

Foto: Google


Bugun koronavirus borasida topshirgan testimning javob chiqdi va menda u aniqlandi. Men shifoxonada ishonchli qo‘llardaman. Xavotir olmang,” – deb yozdi Terim o‘zining Twitter sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, 66 yoshli mutaxassis “Galatasaroy” va Turkiya terma jamoasida bir necha marotaba bosh murabbiy etib saylangan. Bundan tashqari, “Fiorentina” va “Milan” klublarida ishlab, ancha mashxurlikka erishgan.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 381 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 16,5 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.