24 mart kuni ertalab Qozog‘istonda koronavirusning yangi turini yuqtirishning yangi holati aniqlandi. Bu haqida mamlakat Sog’liqni saqlash vazirligiga tayanib “Tengrinews” xabar bermoqda.

Foto: Tengrinews

Joriy yil 24 mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 08:10 (Toshkent vaqt bilan 07:10) holatiga ko’ra, Qozog’istonda Nur Sulton shahrida koronavirus infektsiyasining yangi holati qayd etildi.

Bugungi kunda mamlakatda 64 koronavirus ro’yxatga olinganligi tasdiqlangan, ulardan:

Nur Sultonda – 34 ta,
Olmaota shahrida – 26 ta,
Qarag’anda – 2 ta,
Olmaota viloyatida – 1 ta,
Aqto’be viloyatida – 1 ta holat.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 367 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 16 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.