Koronavirusning tarqalishini oldini olish maqsadida Farg‘ona viloyatini Toshkent shahri va boshqa viloyatlar bilan bog‘lovchi “Qamchiq” dovonida ham vaqtincha transport vositalari harakati cheklandi.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Faqatgina Farg‘ona viloyatidan boshqa viloyatlarda doimiy ro‘yxatda turuvchi fuqarolarga yashash manzillariga yetib olishlariga imkon beriladi.

Fuqarolardan ushbu cheklovlarni to‘g‘ri qabul qilishlarini, olib borilayotgan tadbirlar va belgilangan tartiblarga qat’iy amal qilish orqali xavfli virusning respublikamizda tarqalishini oldini olishga o‘z xissalarini qo‘shishlarini so‘rab qolamiz, deyiladi IIV YHXBB axborot xizmati xabarida.