Yangi turdagi koronavirus pandemiyasi tarqalishi tezligi oshmoqda, dunyo boʻyicha 300 mingdan ziyod holat kuzatildi, deb bayonot berdi Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus. Bu haqida “Sputnik” yozmoqda.

Foto: RIA novosti

“Pandemiya tezligi oshmoqda. Birinchi qayd etilgan holatdan 100 minginchi holatga qadar 67 kun oʻtdi, oradan yana 11 kun oʻtib, 200 minginchi koʻrsatkich qayd etilgan boʻlsa, 4 kundan soʻng ushbu raqamlar 300 mingga yetdi”, deya ta’kidladi Tedros Adxanom Gebreyesus

JSST bosh direktori mamlakatlar tomonidan kiritilgan qatʼiy choralar koronavirus tarqalishi tezligini pasaytirishini, ammo himoya vositalari va materiallar ishlab chiqarilishi tanqisligini yuzaga keltirishi mumkinligini aytib, ogohlantirdi.

Gebreyesus shuningdek, COVID-19 ga qarshi sinovdan oʻtkazilmagan dorilarni qoʻllash xavfiga eʼtibor qaratdi.

“Oʻta samarali dorilarga boʻlgan ehtiyoj yuqoriligini va bu borada tanqislik mavjudligini tan olamiz. Ayni vaqtda COVID-19ga qarshi samarali, deb tan olingan dori vositalari mavjud emas. Turfa xil boʻlmagan kuzatuvlar va tadqiqotlar bizga kerakli boʻlgan javobni bera olmaydi. Kerakli dalillarga ega boʻlmagan sinovdan oʻtmagan vositalardan foydalanish yolgʻon umid berishi va foydadan koʻra, koʻproq ziyon yetkazishi, shuningdek, boshqa kasalliklar uchun moʻljallangan dori vositalarining tanqisligiga olib kelishi mumkin”, – dedi u.

BSST bosh direktori shaxsiy himoya vositalarini ishlab chiqarish hajmini oshirish va ular eksportini taqiqlamaslik iltimosi bilan “katta yigirmatalik” mamlakatlari yetakchilariga murojaat qilmoqchi. Gebreyesusni fikricha, birinchi navbatda tibbiyot xodimlari himoya vositalari bilan taʼminlanishi oʻta muhim.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 367 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 16 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.