Qaror bilan Koronavirus infeksiyasi aniqlanganda (gumon qilinganda) bajariladigan profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.

Oddiy tibbiy niqob

Nizom bilan koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan bemorlar aniqlanganda davlat organlari va boshqa tashkilotlarining harakatlanish tartibi belgilandi.

Unga ko‘ra, har bir tuman (shahar) tibbiyot birlashmasida koronavirus aniqlanganda tezkor reja asosida harakatga keltiriladigan maslahat, evakuasiya va dezinfeksiya guruhlari tashkil etiladi.

Koronavirusga gumon qilingan bemor aniqlanganligi to‘g‘risida xabar kelganda, tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi rahbari tomonidan bemorni ko‘rikdan o‘tkazish uchun maslahat-evakuasiya va dezinfeksiya guruhlari yuboriladi.

Bemorda koronavirusga gumon tashxisi kasallikning klinik belgilari (tana haroratining me’yoridan yuqoriligi, quruq yo‘tal, holsizlanish, nafas siqilishi) va epidemiologik surishtiruv natijalariga asoslanib qo‘yiladi.