Qarorga ko‘ra, birinchi bosqichda Toshkent shahrida, keyinchalik bosqichma-bosqich Nukus shahri, viloyat va tuman markazlarida joylashgan barcha yirik dehqon bozorlari va savdo majmualari (supermarket, gipermarketlar va b.) kirish-chiqish joylari tegishli mutaxassislar bilan ta’minlagan holda teplovizorlar va antiseptik vositalari bilan jihozlanadi.

Foto: Transport vazirligi axborot xizmati

Respublika hududiga xorijiy davlatlardan, shuningdek Toshkent shahriga boshqa hududlardan kirib kelayotgan barcha transport vositalari, tovar va yuklar majburiy ravishda dezinfeksiya qilinadi.

Davlat idora va tashkilotlarida fuqarolar va tadbirkorlarni qabul qilish hamda ularga davlat va boshqa xizmatlarni ko‘rsatish imkon qadar “onlayn” rejimiga o‘tkaziladi.