Foto: O’zA

Mahalliy aholining fikricha, konning o‘zlashtirilishi oqibatida ekologiya va tevarak atrofga zarar yetadi: daraxtlar kesiladi va Gulcho daryosi ifloslanadi.


“Bu joylar yaylov hisoblanadi, mart oyidan boshlab biz bu yerga chorvani olib chiqamiz. Biz avvalboshdanoq hududda ko‘mir qazib olinishiga qarshi chiqqanmiz. Uning oqibatida suv ham ifloslanadi”, deydi Sogondu qishlog‘ida yashovchi Mirtemir Rahmanberdiev.


Norozilik aksiyasi ishtirokchilari bilan tuman hokimi Zamir Moldoqulov uchrashdi.