Foto: Google

Qarorga muvofiq, tartibning amal qilish davrida koronavirus aniqlangan O‘zbekiston fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va xorijiy fuqarolar, shu jumladan 2020 yil yanvar-mart oylarida koronavirus qayd etilgan hududlardan O‘zbekistonga kirib kelgan shaxslar:

  • Komissiya qarorlariga va epidemiyaga qarshi kurashishga jalb etilgan davlat tashkilotlarining qonuniy talablariga rioya etishga;
  • O‘zbekistonga qaytib kelganligi, koronavirus qayd etilgan hududda bo‘lgan vaqti va joyi to‘g‘risida zudlik bilan sog‘liqni saqlash organlariga ma’lumot berishga;
  • o‘zida kasallik alomatlari vujudga kelganda kasallik yuqishi mumkin bo‘lgan davrda muloqotda bo‘lgan shaxslar va harakatlanish yo‘nalishlari haqida zudlik bilan sog‘liqni saqlash organlariga ma’lumot berishga;
  • 14 kun davomida uyda yoki maxsus belgilangan joyda izolyasiya sharoitida bo‘lishga;
  • sanitariya va epidemiyalarga qarshi kurash qoidalari va izolyasiya rejimida bo‘lishga oid talablarga qat’iy rioya etish, shu jumladan tibbiy himoya vositalarini qo‘llash va jamiyatda bir-birlari orasida masofani saqlashga;
  • sog‘liqni saqlash organlari tomonidan tayinlanadigan tibbiy tekshiruv va davolanishdan o‘tishga majburdirlar.