Dunyoda COVID-19 koronavirusi bilan kasallanish soni 353 mingdan oshdi, shu bilan birga 100 mingdan oshiq odam davolandi, ushbu ma’lumot Jon Xopkins Amerika universiteti asosida tayyorlandi.

Foto: Google

Universitet ma’lumotlariga ko’ra, hozirda 353,692 kishi COVID-19 bilan kasallangan, 15,430 kishi vafot etgan va davolanganlar soni esa 100,443 tani tashkil etmoqda.

Koronavirus infeksiyasidan eng ko’p davolangan mamlakatlar uchtaligi bo’yicha birinchi o’rinni Xitoy qayd etdi (59,882 ta davolangan), ikkinchi o’rinni Eron band etdi (8,376 ta davolangan), Italiya esa uchinchida (7,024 ta davolangan).

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi.