Unga nisbatan qonunda belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, Ma’muriy ishlar bo‘yicha Termiz shahar sudiga yuborildi. Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Joriy yilning 20 mart kuni, Surxondaryo viloyat IIB Tezkor qidiruv hamkorlik boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-texnik tadbirlar davomida, “Telegramm” messenjeridagi @GroupSurxondaryo kanalining foydalanuvchisi “ANZOR” deb nomlangan profil egasi 2020 yil 20 mart kuni soat 12:38 da @GroupSurxondaryo guruhiga karonavirusi haqida ya’ni, “Jo’rabayevada bor ekan 2 kishi aniqlandi 30 daqiqa oldin”-degan, mazmunda odamlarni chalg‘ituvchi, jamiyatda vahima uyg‘otuvchi yolg‘on ma’lumot tarqatganligi ma’lum bo‘ldi.

Tezkor qidiruv hamkorlik boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan qo‘shimcha olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida, “Telegramm” messenjerida “@GroupSurxondaryo”- deb, nomlangan guruhga yolg‘on ma’lumot tarqatgan “ANZOR” nomli profil egasi va foydalanuvchisi- Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida istiqomat qilib, Termiz shahrida savdo shahobchalarining birida sotuvchi bo‘lib ishlab kelayotgan fuqaro Anzorjon Berdiqulov ekanligi aniqlandi.

Unga nisbatan qonunda belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, Ma’muriy ishlar bo‘yicha Termiz shahar sudiga yuborildi.

2020 yilning 23 mart kuni Ma’muriy ishlar bo‘yicha Termiz shahar sudining qaroriga ko‘ra, fuqaro Berdiqulov Anzorjon O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 205-moddasida ko‘rsatilgan (Favqulodda holat tartibi sharoitida jamoat tartibiga tajovuz qilish) huquqbuzarligini sodir etganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 5 (besh) baravari, ya’ni 1.115.000 (bir million bir yuz o‘n besh ming) so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlandi.