Yo’lovchilardan pasport ma’lumotlarini va chipta narxining 70% to’lovni oldindan amalga oshirishni talab qiladi. Aynan shu paytda ikki yurtdoshimiz shu firibgarlar tomonidan aldangan.

Foto: Uzbekistan airways

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi aeroportlarda firibgarlarning paydo bo’lgani haqida xabar bermoqda. Ular fuqarolarimizning ishonchiga kirib, charter qatnoviga chipta sotish bilan bog’liq masalalarni messenjerlar orqali hal qila olishini va’da bermoqda.

Yo’lovchilardan pasport ma’lumotlarini va chipta narxining 70% to’lovni oldindan amalga oshirishni talab qiladi. Aynan shu paytda ikki yurtdoshimiz shu firibgarlar tomonidan aldangan.

Toshkentga bo’lgan charter qatnoviga chipta sotib olishni va’da qilgan shubhali shaxslar bilan aloqa qilishda ehtiyot bo’lishingizni so’raymiz, deyiladi kompaniya xabarida.