“Bir oy oldin biz barcha korxonalarni kechayu-kunduz ishlashga o’tkazdik, kuniga 1600 dona niqob ishlab chiqarish quvvatini oshirdik va 2 mart kuni biz eksport qilishni taqiqladik”, dedi mamlakat sanoat va savdo vazirligi rahbari. Bu haqida “RIA novosti” xabar bermoqda.

tibbiy niqob maska
Foto: RIA novosti

Rossiya Federatsiyasi Sanoat va savdo vazirligi aprel oyining birinchi yarmida Rossiya korxonalari kuniga 5 million dona tibbiy niqob ishlab chiqarishini kutmoqda, bu haqida Prezident Vladimir Putin va Sanoat va savdo vazirligining rahbari Denis Manturov o’rtasidagi uchrashuvda ma’lum qilingan.

“Biz aprel oyining birinchi yarmida kuniga jami besh million niqob chiqishini kutmoqdamiz”, dedi Manturov, kasalxonalar va dorixonalar, shuningdek, chegarachilar va Ichki ishlar vazirligi xodimlariga birinchi navbatda niqoblar berilishini ta’kidladi.

Vazirning tushuntirishicha, odatda Rossiyaga sintetik noto’qima materiallardan tayyorlangan tibbiy niqoblarga bo’lgan ehtiyoj 18 ta korxona tomonidan qoplanadi va kuniga o’rtacha 600 ming niqob ishlab chiqariladi. Xuddi shu zavodlar niqoblarni eksport uchun yuborishadi.

“Bir oy oldin biz barcha korxonalarni kechayu-kunduz ishlashga o’tkazdik, kuniga 1600 dona niqob ishlab chiqarish quvvatini oshirdik va 2 mart kuni biz eksport qilishni taqiqladik”, dedi mamlakat sanoat va savdo vazirligi rahbari.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 335 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 14,5 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.