Mutlaq janglar (UFC) chempioni Habib Nurmagomedovning jamoasi AQShdan Rossiyaga koronavirus bilan bog’liq vaziyat tufayli qaytib kelishdi. Bu haqida “TASS”ga Rossiyalik jangchining menejeri Rizvan Magomedov xabar berdi.

Foto: “RBC”

San-Xosedagi Nurmagomedov mashg’ulot o’tkaziladigan zal mahalliy hokimiyat buyurtmasiga binoan tashrif buyuruvchilar uchun yopilgan. “AQShda hech kim yo’q, barchasi Rossiyada”, – dedi agentlik manbaasi.

Nurmagomedov 18 aprel kuni amerikalik Toni Fergyuson bilan duel o’tkazishi kerak. Dastlab jang Nyu-Yorkda bo’lib o’tishi rejalashtirilgan edi, ammo keyinchalik mahalliy hokimiyat koronavirus tufayli ushbu tadbirni taqiqladi. Hozirda UFC jang uchun yangi joy qidirmoqda.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 335 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 14,5 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.