Respublikamizda koronavirusga qarshi olib borilayotgan kurash doirasida Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida transport vositalari harakati vaqtincha cheklanganligini va dam olish maskanlarida dezinfeksiyalash ishlari boshlanganligini ma’lum qilamiz.

Foto: Google

Shu munosabat bilan, Toshkent viloyati IIBB YHXB barcha fuqarolardan, maxsus profilaktik tadbirlar tugaguniga qadar, Bo‘stonliq tumaniga bormasliklarini hamda yuzaga kelgan vaziyatni to‘g‘ri baholashlarini so‘rab qoladi.

Bo‘stonliq tumani hududida harakatlanishga faqatgina shu joyda ro‘yxatda turuvchi mahalliy aholiga ruxsat etiladi, deyiladi IIV YHXBB axborot xizmati xabarida.