Eronda koronavirus infeksiyalari soni 23049 ga yetdi, ulardan 1812 ta vafot etganlardir, dedi Eron sog’liqni saqlash vazirligi vakili Kianush Jahanpur.

Foto: Google

“O’tgan kun davomida bizga 1411 ta koronavirus infeksiyasi haqida xabarlar kelib tushdi, jami 23,049 holat. Sog’ayib ketganlar soni ham ko’paydi – 23,049 holatdan 8,376 kishi davolandi. Afsuski, 127 kishi hayotdan ko’z yumdi, qurbonlar soni 1812 kishiga ko’paydi”, – dedi Jahanpur “IRINN” telekanalida.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 335 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 14,5 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.