O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining chet el fuqarolarini O‘zbekistondan olib chiqish uchun charter reyslarini tashkil etish to‘g‘risida ilgari e’lon qilingan qaroriga qo‘shimcha ravishda, Tashqi ishlar vazirligi quyidagini ma’lum qiladi, deb xabar bermoqda TIV.

Tashqi ishlar vazirligi TIV
Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati

Hozirgi epidemiologik vaziyat sharoitida, xususan, “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi ekipaji noqulay epidemiologik holatdagi mamlakatlardan qaytganidan so‘ng karantinda bo‘lishi sababli, reyslarni tashkil qilish 3 kunga qoldirildi. Reyslarning aniq vaqti haqidagi ma’lumotlar rasmiy kanallar orqali o‘z vaqtida e’lon qilinadi.

Ma’lumot uchun, 15 mart kuni O’zbekistonda yangi turdagi koronavirusning birinchi holati aniqlandi.

Hurmatli fuqarolar, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sabab vahima ko‘tarishga asos yo‘q. Virusni yuqtirib olmaslik uchun sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilishingizni so’raymiz.