Koronavirus infeksiyasining tarqalishini oldini olish va ta’lim muassasalarida sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash maqsadida joylarda mutaxassislar tomonidan dezinfeksiyalash tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Foto: Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati

Bugungi kunga kelib, 3,4 mingdan ziyod maktablarda dezinfeksiyalash tadbirlari amalga oshirildi. Bu haqida Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Hozirgi paytda Xalq ta’limi tizimidagi boshqa maktablarda ham dezinfeksiyalash tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Ma’lumot uchun, 15 mart kuni O’zbekistonda yangi turdagi koronavirusning birinchi holati aniqlandi.

Hurmatli fuqarolar, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sabab vahima ko‘tarishga asos yo‘q. Virusni yuqtirib olmaslik uchun sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilishingizni so’raymiz.