Rossiya harbiy shifokorlarini Italiyaga joʻnatdi. Toʻqqizta samolyotda tibbiy jihoz va dezinfektsiya stantsiyalari yetkazib berildi.

Foto: Sputnik

Italiyaga Rossiya shifokorlari va dezinfektsiya stantsiyalari ortilgan oxirgi ikkita samolyot yetib keldi, deb xabar qildi Rossiya Mudofaa vazirligi.

Italiya koronavirus tarqalishi boʻyicha Yevropada birinchi oʻrinda va yaqinda qurbonlar soni boʻyicha Xitoyni ortda qoldirdi.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Italiyaning Apenninida 60 ming kishi virusga chalingani qayd etildi, 5,4 ming kishi vafot qildi.

“Rossiya havo-kosmik kuchlarining sakkizinchi va toʻqqizinchi Il-76 harbiy-transport samolyotlari Italiyaning “Pratik de Mare” aviabazasiga (Rimdan 30 km janubi-gʻarbda) qoʻndi. Samolyotlar mamlakatga rossiyalik harbiy mutaxassislar va dezinfektsiya tadbirlarini oʻtkazish uchun koʻchma stantsiyalarini yetkazdi”, – deyilgan xabarda.

Oʻtgan shanba kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Italiya bosh vaziri Juzeppe Konte bilan telefon orqali suhbatda koronavirusga qarshi kurashda zudlik bilan yordam berishga tayyorligini maʼlum qildi va aniq vazifalar belgilab olindi.

Keyinchalik Rossiya Mudofaa vazirligi 8 ta mobil harbiy virusolog va shifokorlar guruhlari, aerozol dezinfektsiyalash majmualari va tibbiy jihozlarini Apenniniga yuborilishini maʼlum qildi.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 335 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 14,5 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.