“O‘zgidromet” hafta davomida qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi.

obhavo turizm priroda manzara samarqand xorazm buxoro
Foto: Google

Bugun butun mamlakatimiz hududida ob-ҳavo yogʻingarchiliksiz boʻladi, havo harorati 20-25 daraja atrofida boʻlib, bu meʼyordan 3-4 darajaga yuqoridir.

Ertaga Kaspiy dengizining janubiy rayonlaridan nam havo oqimi kiradi, respublikaning ayrim joylariga yomgʻir yogʻib harorat 15-20 darajagacha pasayadi va shu kun meʼyoriga yaqinlashadi. Faqat shimoliy hududlarda yogʻingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi.

25 mart kuni Oʻzbekiston hududiga salqin havo oqimining kirishi kutilmoqda, mamlakatning katta qismida yogʻingarchilik bоʻlmaydi, faqat Fargʻona vodiysi, shuningdek, Samarqand, Qashqadaryo va Surhondaryo viloyatlarida ayrim joylarga yomgʻir yogʻadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq bоʻladi, kunduzgi harorat 10-15 darajagacha pasayadi. Bunday harorat оʻrtacha kоʻp yillik qiymatlardan 7-9 darajaga pastdir.

26 martdan 28 martgacha mamlakatimiz hududi yuqori bosimli maydon tasirida bоʻladi. Kechasi harorat 3-8 daraja iliq atrofida bоʻladi, 26 mart kunduzi harorat hali salqin, 10-15 daraja iliq, 27-28 mart kunlari quyosh nurlari havoni isitishi hisobiga harorat 15-20 darajagacha kоʻtariladi va meʼyoriy kоʻrsatkichlarga yaqinlashadi.