Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston yanvar-fevral oylarida 300,2 million dollarlik yengil avtomobillar import qildi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 83,9 foizga ko‘p.

xorij avtomashina
Foto: Spot

2020 yilning fevralida avtomobillar importi keskin qisqargan edi. Xususan, yanvar oyida O‘zbekistonga import qilingan avtomobillarning qiymati 25,5 million dollarni tashkil qilgan. Bu 2019 yil yanvar’ oyiga qaraganda 28,4 million dollarga kam.

Bunday keskin qisqarishga 2019 yilda narxi 40 ming dollardan ortiq bo‘lgan avtomobillar importi uchun imtiyozlar amalda bo‘lgani va 2020 yilning 1 yanvaridan mazkur imtiyozlarning bekor qilingani sabab bo‘lgan.