Qozog‘istonda koronavirusning 61-holati qayd etildi, deb  xabar beradi “Tengrinews” Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatiga tayanib.

Foto: Evrensel

“Olmaota shahrida koronavirus infeksiyasining yana bir holati qayd etildi. Bugungi kunda mamlakatda 61 koronavirus holati tasdiqlandi. Shulardan 31 tasi Nur-Sultonda, 26 tasi Olmaotada, 2 ta Qaraganda va Olmaota viloyatida bitta, Aqto’be viloyatida – bitta holat”, – dedi Sog’liqni saqlash vazirligi.

Ta’kidlash joizki, Olmaota va Nur-Sultonda karantin joriy etilgan. 22 martdan boshlab bu yerga kirish va chiqish cheklangan.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 335 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 14,5 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.