Foto: O’zA

Hozirda kuniga ikkita reys yurtdoshlarimizni Umra ziyoratiga eltmoqda. Bir kunda bir marotaba Madinaga va bir marotaba Jiddaga samolyot qatnovlari yo‘lga qo‘yilgan. 10 martdan esa ikkita Madinaga va bitta Jiddaga qatnov amalga oshiriladi. Har bir reysda 245 nafar yurtdoshlarimiz Umra safariga yo‘l olmoqda. Ular uchun 5 nafar ellikboshi yo‘lboshchilik qiladi. Ziyoratchilarga 3 nafar oshpazlar xizmat qiladi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita vakilining ma’lum qilishicha, reja bo‘yicha 100 mingdan ortiq yurtdoshlarimizni Umra safariga yuborish ko‘zlanmoqda.

Bu haqida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyati va mutasaddi xodimlari ishtirokida o‘tgan matbuot anjumanida malum qilindi.