Foto: Pravda-tv.ru

So’ngi ma’lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda mamlakat hududida 42 638 kishida kasallik holati qayd etilgan. 37 726 kishi hozirda davolanishda bo‘lib, ularning 7333 nafarining ahvoli og‘ir. Jami 3996 kishi kasallikdan davolanib, tibbiyot muassasasidan javob berib yuborilgan; vafot etganlar soni 1016 kishini tashkil etmoqda.

O‘tgan bir kunning o‘zida Xitoyda koronavirusdan 108 kishi vafot etgan (103 ta holat Xubey provinsiyasida qayd etilgan). Shuningdek, yana 2478 kishida virus aniqlangan, tekshiruvdan o‘tgan 26 724 kishining organizmida virus alomatlari topilmagan.