Bugun, Namangan xalqaro aeraportiga bortida 196 nafar hamyurtlarimiz bo’lgan Seul – Namangan charter reysi kelib qo’ndi.

koronavirus uzbekistan airways aeraport samolyot evakuatsiya koronavirus janubiy koreya
Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati

Seuldan kelgan yo’lovchilar maxsus dezinfeksiya qilinib so’ngra, tibbiy ko’rikdan o’tishgan.

Ularga maxsus dezinfeksiya qilingan avtobus va tez tibbiy yordam mashinanalari hozirlandi. Turli sabablarga ko’ra Janubiy Koreya davlatida bo’lib qaytgan fuqarolarimizga barcha turli xizmatlar ko’rsatildi.

Ular belgilangan rejaga ko’ra Chortoq tumanidagi, Chortoq sanatoriyasiga yo’l olishdi. Endi ular 14 kun vaqt mobaynida karantinda bo’ladilar.

Hurmatli fuqarolar, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sabab vahima ko‘tarishga asos yo‘q. Virusni yuqtirib olmaslik uchun sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilishingizni so’raymiz.