Shu yilning 13-23 may kunlari bo‘lib o‘tishi kutilgan kinofestival koronavirus pandemiyasi sabab, qoldirildi. Bu haqida “Kino san’ati” xabar bermoqda.

Foto: Kino san’ati

Festival matbuot xizmatining rasmiy axborotiga ko‘ra, hozircha anjuman 2020 yil iyun oyi oxiri yoki iyul boshlariga o‘tkazilishi mumkin. Biroq bu sana ham vaziyatga qarab o‘zgarishi mumkin.

1946 yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan Kann kinofestivali o‘z tarixida 2 marta – 1948 va 1950 yil moliyaviy qiyinchilik sabab, o‘tkazilmay qolgan.