Xitoyda yangi turdagi koronavirus bilan og’rigan bemorlar soni kundan-kunga kamayayotgani ma’lum qilindi, hozirgi paytda 5,120 kishi kasalxonalarda qolmoqda, XXR Davlat sog’liqni saqlash qo’mitasining ma’lumotlariga ko’ra, barcha yuqtirganlarning deyarli 90 foizi davolandi.

Foto: France 24

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, Xitoyning materik qismida koronavirus infeksiyasining tasdiqlangan holatlari 81,093 ga yetdi, ulardan 72 703 tasi davolandi va kasalxonadan chiqarildi, bu umumiy holatlarning 89,65% ni tashkil qilmoqda.

Epidemiya boshlanganidan beri Xubey provinsiyasidan tashqari butun mamlakat bo’ylab 13,293 infeksiya qayd etilgan, ulardan 117 tasi vafot etgan, o’lim darajasi esa 0,88%. Xubey provinsiyasida epidemiyaning markazida 67,800 yuqish holatlari aniqlandi, 3153 kishi vafot etdi, o’lim darajasi 4,65%.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 335 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 14,5 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.