Xalqaro Olimpiya Qo’mitasi (XOQ) Tokiodagi yozgi Olimpiya o’yinlarini o’tkazishning bir nechta variantini ko’rib chiqmoqda, shu jumladan musobaqani 2020 yil oktabr yoki 2021 yil iyulga qadar keyinga surishni ham. Bu haqida Britaniyaning The Times gazetasi xabar bermoqda.

Foto: O’zbekiston milliy olimpiya qo’mitasi matbuot xizmati

Ayni paytda Tokiodagi Olimpiya o’yinlari 24 iyuldan 9 avgustgacha o’tkazilishi rejalashtirilgan. Yakshanba kuni XOQ prezidenti Tomas Bax to’rt hafta ichida XOQ koronavirus bilan bog’liq vaziyat sharoitida rejalashtirilgan tarzda Olimpiada o’yinlarini o’tkazish imkoniyati to’g’risida qaror qabul qilishini aytdi. Manbaga ko’ra, o’yinlar aniq uch oyga qoldirilishi va 24 oktyabrda boshlanishi yoki 2021 yil iyulgacha qoldirilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 335 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 14,5 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.