Kecha, 22-mart kuni “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi Tolmachevo aeroportidan Novosibirsk – Toshkent yo’nalishi bo’yicha charter qatnovini bajardi. Havo kemasida 253 nafar yo’lovchi – O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lgan, deb xabar bermoqda aviakompaniya axborot xizmati.

Foto: Sputnik

Mazkur qatnov transport vazirining birinchi o’rinbosari Mahkamov Ilhom Rustamovich, boshqaruv raisining o’rinbosari, tijorat va turizm bo‘yicha direktori vazifasini bajaruvchisi Xudoyqulov Shuxrat Shavkatovich hamda Tashqi ishlar vazirligi komissiyasi a’zolari ko’magida va yordamida amalga oshirildi.

Yo’lovchilar O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevga, O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Nig’matovich Aripov hamda aviakompaniyaning charter qatnovlari jadvalini ishlab chiqargan Maxsus respublika komissiyasiga o’z minnatdorchiligini bildirdilar.