Turkiyada koronavirus bilan kasallangan bemorlarning soni kuniga 947 tadan 1256 gacha, o’lim esa 21 tadan 30 tagacha ko’tarildi, deb aytdi mamlakat Sog’liqni saqlash vaziri Faxrettin Koja.

Foto: Sputnik

“Bugungi kunga qadar 20,345 ta test o’tkazildi, shundan 1256 tasi ijobiy. Umumiy olganda, 30 ta keksa bemorimizdan ayrildik”, deb yozdi Koja Twitter‘da.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 307 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 12,5 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.