“Facebook” sog’liqni saqlash sohasi mutaxassislariga 720,000 dona tibbiy niqobni hadya qildi, bu haqida ijtimoiy tarmoq yaratuvchisi Mark Sukerberg ma’lum qildi.

Foto: RIA novosti

“Tibbiyot xodimlari zudlik bilan ko’proq himoya vositalariga muhtoj. “Facebook” yordam berish uchun favqulodda zaxiramiz 720,000 niqoblarni taqdim etdi. Barchangizga sog’ va omonlik tilayman”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 307 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 12,5 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.