Qozog’istonda koronavirus infeksiyasining yangi holati qayd etildi, deb xabar beradi “Tengrinews” mamlakat Sog’liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatiga tayanib.

Foto: Zakon KZ

“Joriy yil 22 mart kuni soat mahalliy vaqt bilan 23:50 (Toshkent vaqti bilan 22:50) da Qozog’istonda koronavirus infektsiyasining yangi holati qayd etildi”, deyiladi bayonotda.

Bugungi kunda mamlakatda koronavirusni ro’yxatga olishning 60 ta holati tasdiqlandi, shundan Nur-Sultonda – 31 ta, Olmaotada – 25 ta, Qarag’anda – 2 ta, Olmaota viloyatida – 1 ta, Aqto’be viloyatida – 1 ta.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 307 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 12,5 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.