Amerikalik respublikachi senator Rand Pol (Kentukki shtatidan) koronavirus bilan kasallangan birinchi AQSh senatori bo’ldi.

Foto: RIA novosti

“Senator Rand Pol koronavirusni aniqladi. U o’zini yaxshi his qilmoqda va karantinda, deyiladi senatorning Twitter‘dagi sahifasida. -Hech qanday alomatlar yo’q, senatorning tez-tez sayohatlari va faoliyati tufayli test ehtiyot chorasi sifatida o’tkazildi”, deya qo’shimcha qilinadi xabarda.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 307 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 12,5 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.